locale OZ

Yosh kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi

U23 guruhidagi polvonlarimiz ilk kuniyoq 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 va U23 yosh toifalarida Osiyo chempionati boshlandi. Musobaqa U23 toifasidagi yunon-rum uslubidagi kurashchilar ishtirokida start oldi.

Bellashuvlarning ilk kuniyoq O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medalga sazovor bo‘ldi — 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza.

Oltin medallar:
– 72 kg: Abdulla Aliev
– 82 kg: Samandar Bobonazarov

Kumush medal:
– 60 kg: Mehroj Bahromov

Bronza medal:
– 67 kg: O‘gabek Muqimov

Musobaqa hali davom etmoqda. Polvonlarimizga keyingi kunlarda ham omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting