locale OZ

Yosh gandbolchilarmiz III-Markaziy Osiyoda g'olib bo'lishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh gandbolchilarmiz III-Markaziy Osiyoda g'olib bo'lishdi
PHOTO: Telegram

Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III-Markaziy Osiyo bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda Pokiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston davlatlarining 10 ta jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Quvonarlisi, ikkala yosh toifasida ham o‘zbekistonlik gandbolchilar shohsupaning chempionlik pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida O‘zbekiston U-17 va U-19 qizlar terma jamoalari a’zolariga oltin medallar va chempionga atalgan kuboklar topshirildi.

U-17 qizlar birinchiligi: 1-o‘rin. O‘zbekiston. 2-o‘rin. Turkmaniston. 3-o‘rin. Qirg‘iziston.

U-19 qizlar birinchiligi: 1-o‘rin. O‘zbekiston. 2-o‘rin. Turkmaniston 3-o‘rin. Pokiston.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting