locale OZ

Yosh atletlarimiz uchun “Orzular paradi” tashkil etildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yosh atletlarimiz uchun “Orzular paradi” tashkil etildi
FOTO: Olympic.uz

Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish har bir yosh sportchining orzusi. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻquvchilarni ushbu maqsad sari harakat qilishlari uchun ilhom beruvchi “Orzular paradi” tadbiri tashkil etildi.

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport vazirligi va sport ta’limi tizimi vakillari, shuningdek, boks boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Abdumalik Xalokov ishtirok etdi.

Tadbirda O.Kasimov hamda A.Xalokov Olimpiada shukuhi, unda ishtirok etib, Vatanimiz sharafini himoya qilish har bir sportchi uchun ulkan orzu va sharaf ekani haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Tadbir doirasida sport boʻlimlarining paradi, taqdirlash marosimi va yosh atletlar uchun bayram dasturi tashkil etildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting