«Yorug‘ kelajak» parashaxmat turniri tashkil etildi
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi hamkorligida 18 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida “Yorug‘ kelajak” parashaxmat turniri tashkil etildi.
Musobaqa rapid shaxmat yo‘nalishida, shveytsarcha tizim asosida o‘tkazilib, 9 tur davomida eng kuchli yosh shaxmatchilar aniqlandi.
G‘oliblar
10 yoshgacha bo‘lganlar:
1-o‘rin — Faxriddinova Yulduzxon
2-o‘rin — Yaqubjanov Otabek
3-o‘rin — Xayrulin Emilian
14 yoshgacha bo‘lganlar:
1-o‘rin — Baxtiyrov Xusan
2-o‘rin — Ergashov Nurmuhammad
3-o‘rin — Maxmudov Sunnatillo
18 yoshgacha bo‘lganlar:
1-o‘rin — Normo‘minov Uralbek
2-o‘rin — Ahmadxonov Abbosxon
3-o‘rin — Turg‘unboyev Sardor
Mazkur turnir nafaqat shaxmat mahoratini, balki yoshlarning iroda, mantiqiy tafakkur va sabr-toqatini ham namoyon etdi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilar cheksiz intellekt va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatdilar.
Turnir yakunida barcha ishtirokchilar Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Asosiy sovrindorlarga esa monoblok, televizor va planshetlar topshirildi.