locale OZ

Yilqichilik va ot sportiga qiziqadiganlar uchun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda qatnashgan yoshlar va mutaxassislar universitet vakili bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Yilqichilik va ot sportiga qiziqadiganlar uchun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2026-yil 3-aprel kuni Toshkent shahridagi Universal Horses Stableda Angliyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Hartpury University vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga xorijda, xususan Angliyada yilqichilik va ot sporti yo‘nalishida ta’lim olish imkoniyatlari, qabul jarayonlari hamda xalqaro karyera istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda qatnashgan yoshlar va mutaxassislar universitet vakili bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yilqichilik sohasida bilim olish va o‘z faoliyatini xalqaro darajada rivojlantirishni maqsad qilganlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting