locale OZ

“Yilning eng yorqin tadbiri” nominatsiyasida FIA Awards taqdirlash marosimi g‘olib deb topildi

“Milliy sport mukofoti-2025”da munosiblar taqdirlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yilning eng yorqin tadbiri” nominatsiyasida FIA Awards taqdirlash marosimi g‘olib deb topildi
photo: Autosport Uzbekistan

Poytaxtda “Milliy sport mukofoti – 2025” tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yil davomida fidokorona mehnat qilib, yuqori natijalarga erishgan sportchilar, sport tashkilotlari, murabbiylar va mutaxassislar taqdirlandi.

“Yilning eng yorqin tadbiri” nominatsiyasida FIA Awards taqdirlash marosimi g‘olib deb topildi. Ushbu marosim Xalqaro avtomobil federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) tomonidan tashkil etilib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining patronaji ostida o‘tkazildi.

Mukofotni Federatsiya nomidan Federatsiyaning Birinchi vitse-raisi va Bosh kotibi — Aleks Tsoy qabul qilib oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting