Yil yakunlari: Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi – eng yaxshilar safiga kiritildi
Joriy yilning 29-dekabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Osiyo Unifight federatsiyasi tomonidan yil yakunlariga bagʻishlangan tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yakka kurash sport turlarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va yil davomidagi samarali faoliyati uchun Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi "Yilning eng yaxshi federatsiyasi" deb eʼtirof etildi. Shuningdek, yil davomida yuqori natijalarni qayd etgan bir guruh sportchilar, tajribali murabbiylar va sport sohasining faollari munosib taqdirlandilar.
Kechada oʻzbek sportining yorqin vakili, marhum Murod Xontoʻrayev alohida yodga olindi. Xotira tadbirida sportchining oila aʼzolari ham ishtirok etib, uning oʻzbek yakkakurashi rivoji yoʻlidagi xizmatlari eʼtirof etildi.