locale OZ

Yevropa chempionati oldidan Kurash murabbiylari seminari bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropa chempionati oldidan Kurash murabbiylari seminari bo‘lib o‘tdi
Photo: gettyimages

Gruziyaning Batumi shahrida Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati doirasida murabbiylar va hakamlar uchun o‘quv seminarlari boshlandi. Muxran Vaxtangadze nomidagi sport majmuasida o‘tkazilayotgan mazkur seminarlar Kurash Usulining barcha 7 guruhi bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olmoqda.

Seminarning ilk kunida Yevropaning 10 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 30 dan ziyod mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Seminar ochilish marosimida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) vitse-prezidenti, Yevropa Kurash Konfederatsiyasi prezidenti Mirampi Iliades, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, IKA Administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev, Xalqaro Kurash Instituti rektori Xabibulla Tojiyev hamda IKI ekspertlari — doktor Vohid Pouresfandiar, professor Kim Eur Joong va Shuhrat Qurbonovlar qatnashdilar.

Musobaqa taqvimiga muvofiq, murabbiylar va hakamlar uchun tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotlar chempionat bellashuvlarning yuqori saviyada va professional tarzda o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting