locale OZ

Yettita ushrashuv, uchta texnik mag'lubiyat

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yettita ushrashuv, uchta texnik mag'lubiyat
PHOTO: Telegram

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida “Talaba qizlar ligasi-2025’’ turnirining guruh bosqichi bahslari yakuniga yetdi. 3-turning ikkinchi o’yin kuni oldindan rejalashtirilgan uchta o’yin o’tkazilmadi. Uchrashuvga kelmagan jamoalarga texnik mag’lubiyat yozildi.

Ertadan e`tiboran pley-off bahslariga start beriladi. Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar o’rtasidagi mazkur musobaqa 31-may sanasida poyonoga yetadi.

Quyida 3-turning bugun bo’lib o’tgan uchrashuvlarida qayd etilgan natijalar bilan tarnishing:

O’zMU – MTU – 2:0
JTSU – O’zDJTU-1 – 6:0
TTYSI – “Konservatoriya” – 0:0
UMFT – O’TA – 2:3
O’zDJTU-2 – Fan va Texno – 3:0
TKTI – “Diplomatiya” –0:3
TAFU – "Geologiya" – 3:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting