locale OZ

Yesipenko Hikaruning ustunligini “hisoblamaymiz” deb turgan bir paytda, Nakamura uni umuman tarkibdan chiqarish tarafdori

Hikaru Nakamura Nomzodlar turniri–2026 tarkibi haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yesipenko Hikaruning ustunligini “hisoblamaymiz” deb turgan bir paytda, Nakamura uni umuman tarkibdan chiqarish tarafdori
photo: Chess Uzbekistan

Yesipenko Hikaruning ustunligini “hisoblamaymiz” deb turgan bir paytda, Nakamura uni umuman tarkibdan chiqarish tarafdori.

Hikaru Nakamura Nomzodlar turniri–2026 tarkibi haqida fikr bildirib, ochiqchasiga shunday dedi:

“Agar men ideal tarkib tuzganimda, ehtimol Yesipenko o‘rniga Arjun Erigaisi, Blyubaum o‘rniga esa Vinsent Keymerni qo‘shgan bo‘lardim. Menimcha, ikkalasi ham bunga munosib.”

Ayniqsa u Keymerni alohida ta’kidladi:

“Vinsent umuman turnirda yo‘qligi shunchaki tushunarsiz. Oxirgi 12 oy ichida u, ehtimol, Magnusdan keyingi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi deb o'ylayman.”

Qisqasi: biri hisobni “tozalamoqchi”, boshqasi esa tarkibni. Kim haq ekanini esa 29-martdan boshlab o‘yin ko‘rsatadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting