Yengil atletikachilarimiz sakrash turlari boʻyicha Osiyo chempionatida ikkinchi boʻlishdi
Jami 3 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Xitoyning Chunsin shahrida yengil atletikaning sakrash turlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar oʻrtasida kechgan uch hatlab sakrash dasturida yurtdoshimiz Ibrohim Mahkamov 16.40 metr natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, musobaqada 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini jamgʻargan sportchilarimiz umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist