locale OZ

Yengil atletika. O'n sakkiz yoshlilar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yengil atletika. O'n sakkiz yoshlilar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi sport bazasida yengil atletika bo'yicha U18 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa yengil atletika bo‘yicha kelgusida o‘tkaziladigan respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirish vazifasini o‘tadi.

Ushbu respublika chempionatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari hakamlik vazifalarida faol ishtirok etib, qizg‘in bellashuvlarni baholab bordilar. Eng muhimi, musobaqa davomida talabalar o‘zlarining hakam borasidagi ko‘nikma va bilimlarini oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting