locale OZ

Yengil atletika. Finlyandiyada Anvar Anvarov xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Musobaqada mezbon sportchilar — Kalle Salminen 7,80 metr natija bilan ikkinchi, Kasper Vehmaa esa 7,64 metr bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yengil atletika. Finlyandiyada Anvar Anvarov xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
photo: sport vazirligi

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Anvar Anvarov Finlyandiyaning Joensuu shahrida o‘tkazilgan Joensuu Motonet GP musobaqasida uzunlikka sakrash bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

World Athletics Continental Tour 2026 musobaqalarining Bronze bosqichi doirasida tashkil etilgan turnirda hamyurtimiz 7,97 metr natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Musobaqada mezbon sportchilar — Kalle Salminen 7,80 metr natija bilan ikkinchi, Kasper Vehmaa esa 7,64 metr bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Anvar Anvarov uchun ushbu musobaqa yozgi mavsumdagi yettinchi start bo‘ldi. Sportchi bundan avval ishtirok etgan oltita turnirning beshtasida 8 metr marrasidan oshishga muvaffaq bo‘lgan. Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilgan musobaqada esa avval O‘zbekiston rekordini takrorlab 8,25 metr natija qayd etgan, keyinchalik esa uni 8,29 metrgacha yaxshilagan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting