Yengil atletika bo'yicha uchinchi Markaziy Osiyo ochiq chempionati start oldi
Olimpiya shaharchasidagi “Olimpiya” stadionida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida III Ochiq Markaziy Osiyo ochiq chempionati start oldi
Nufuzli tadbirda 300 nafarga yaqin nafar sportchi ishtirok etyapti. Sportchilar yengil atletikaning yugurish, sakrash, uloqtirish va estafeta yo‘nalishlaridagi bahslarda o‘zaro kuch sinashmoqda.
Musobaqa Markaziy Osiyo mamlakatlari atletlari uchun o‘zaro tajriba almashish, xalqaro maydonda o‘z mahoratini namoyish etish va yuqori natijalarni qayd etish uchun muhim sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Ta'kidlash lozim, mazkur chempionat 2027-yilda Xitoyda (Pekin shahrida) bo‘lib o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati uchun muhim reyting ballarini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun yugurish bahslari “Olimpiya” stadionida, texnik turlar Yengil atletika federatsiyasi stadionida o’tkaziladi.