Yengil atletika. Anvar Anvarov Finlyandiyadagi turnirda g‘alaba qozondi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Olympic.uz
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Anvar Anvarov joriy yilning o‘zida ikkinchi bor uzunlikka sakrash bo‘yicha mamlakat rekordini yangiladi.
12 iyul kuni Finlyandiyaning Yoensuu shahrida bo‘lib o‘tgan “Motonet GP Joensuu” bronza darajasidagi turnirida u 8,25 metrga sakrab, avvalgi natijasini ikki santimetrga yaxshiladi.
Bungacha u poytaxtimizda o‘tkazilgan Gennadiy Arzumanov memorialida 8,23 metr natija ko‘rsatib, avvalgi rekordini bir santimetrga ortda qoldirgan edi.
Finlyandiyada u nafaqat yangi rekord o‘rnatdi, balki kubalik Aniel Molinani 39 sm va Uristian Pullini 43 sm ga ortda qoldirib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Shunday qilib, Anvarov Osiyoda uzunlikka sakrash bo‘yicha yaqqol yetakchiga aylandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor