Yaponiyani ortda qoldirgan dzyudochilarimiz Chexiyada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lishdi
“Prague Junior European Cup 2025” musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 6ta medal bilan 1chi o‘rinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Chexiyada yoshlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Prague Junior European Cup 2025 musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning ikkinchi kuni ham yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi:
Samiriddin Mo‘hibiddinov (-81 kg) oltin,
Fazliddin Rafiqov (+100 kg) esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, terma jamoamiz jami 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Yaponiya va Serbiya terma jamoalari esa kuchli uchlikka kirdi.
Bakradze Iman
Redaktor