locale OZ

Yaponiyada Kurash bo‘yicha muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi

Kecha delegatsiya Tashkiliy qo‘mitaning akkreditatsiya va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi rahbari Inagaki Tomoko xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yaponiyada Kurash bo‘yicha muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi
photo: Kurash Uzbekistan

Yaponiyada Kurash bo‘yicha muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi

Kelgusi oy Yaponiyada start oladigan XX Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari doirasida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Texnik direktori Ravi Kapur Tashkiliy qo‘mita (AINAGOC) bilan qator ishchi uchrashuvlarni davom ettirmoqda.

Kecha delegatsiya Tashkiliy qo‘mitaning akkreditatsiya va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi rahbari Inagaki Tomoko xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Xalqaro texnik rasmiylar (ITO) uchun akkreditatsiya kartalarini rasmiylashtirish, ularni tarqatish tartibi hamda akkreditatsiya tizimining amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar ta’kidlaganidek, XX Osiyo o‘yinlari uchun rasmiylashtiriladigan akkreditatsiya kartasi Yaponiyaga kirish uchun ham amal qiladigan hujjat sifatida xizmat qiladi. Uchrashuv yakunida IKA Texnik direktoriga namunaviy akkreditatsiya kartasi topshirildi.

Bugun esa AINAGOC bosh qarorgohida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kurash musobaqalari bilan bog‘liq bir qator muhim tashkiliy va texnik masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ochilish marosimida Kurash delegatsiyasining alohida ishtirok etishi, Osiyo o‘yinlari davomida ishtirokchilarga ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlar, shuningdek, Xalqaro texnik rasmiylarning (ITO) tashkiliy ta’minotiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting