locale OZ

Yaponiya – Osiyo chempioni!

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Yaponiya – Osiyo chempioni!
PHOTO: Telegram


Xitoyning Hohhot shahrida oʻtgan Osiyo kubogi-2025 musobaqasi Yaponiya ayollar futzal jamoasining triumfi bilan yakuniga etdi. Tailand terma jamoasiga qarshi o'tgan final bahsida kuchlar teng keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida tomonlar ikki martadan, qoʻshimcha vaqtlarda esa bir martadan muvaffaqiyat qozonishdi. Oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida omad Yaponiya terma jamoasi qizlariga kulib boqdi. Shu tariqa yaponiyaliklar birinchi marta Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻlishdi.

Osiyo kubogining bronza medallari Eron Islom Respublikasi terma jamoasiga nasib etdi. Ikki karra qitʼa chempioni boʻlgan fors qizlari bu safar kichik finalda musobaqa mezbonlari – Xitoy Xalq Respublikasi terma jamoasidan ustun kelishdi.

Osiyo kubogi toʻpurarligi eronlik Maral Torkamanga nasib etdi – 6 gol.

Shu tariqa Osiyo kubogi sovrindorlari bo'lgan Yaponiya, Tailand va Eron terma jamoalari Filippinda o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasiga ham ega bo'lishdi.

Osiyo kubogi-2025
Yarim final. 15-may

Xitoy – Tailand – 2:3
Yaponiya – Eron – 3:2

3-oʻrin uchun. 17-may
Xitoy – Eron – 1:3

Final. 17-may
Yaponiya – Tailand – 3:3, penaltilar seriya – 3:2

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting