locale OZ

Yannik Denez: Shifokor oldimga kelib ,\"Shumayxerning oldiga uchyapmiz!\",-deb qichqirdi

Fransiya Alp tog‘larida jarohat olgan Mixayel Shumayxerni evakuatsiya qilish operatsiyasida qatnashgan qutqaruvchi vertolyot uchuvchisi L’Équipe nashriga intervyu berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yannik Denez:  Shifokor oldimga kelib ,"Shumayxerning oldiga uchyapmiz!",-deb qichqirdi
photo: Autosport Uzbekistan

Yannik Denez - 2013 yil 29-dekabr kuni Fransiya Alp tog‘larida jarohat olgan Mixayel Shumayxerni evakuatsiya qilish operatsiyasida qatnashgan qutqaruvchi vertolyot uchuvchisi, va u birinchi bor intervyu berdi L’Équipe nashriga:

- Qutqaruvchi paramediklar jamoasidagi shifokor bilan birga vertolyot kabinasiga chiqib, menga: “Shumayxerning oldiga uchyapmiz!”,- deb qichqirdi, deb eslaydi Denez.

Avvaliga u hazillashyapti, deb o‘yladim. Ammo ekipaj komandiri dubulg‘alarimizdagi mikrofonlar va GoPro kameralarni yechishni buyurib, jurnalistlarga biz bilan birga uchishni taqiqlaganida, bu haqiqat ekanini tushundim.

Biz hech qanday savol bermadik va gaplashmadik. Bunday vaziyatlarda sovuqqonlikni saqlab qolish uchun barcha hissiyotlarni chetga surish juda muhim. Afsuski, tog‘larda ko‘plab chang‘ichilar baxtsiz hodisalarga uchraydi va men uchun u shunchaki og‘ir jarohat olgan navbatdagi inson edi.

Albatta, ich-ichimda bosim sezilardi. Men hatto Formula-1 muxlisi ham emasdim, ammo odamlar uni qanchalik ulug‘lashini bilardim. Shunday darajadagi mashhur insonni bunday ahvolda ko‘rish baribir kuchli taassurot qoldiradi.

Shu yillar davomida muammolardan qochish uchun matbuot bilan gaplashishni istamadim. Qolaversa, menda Shumayxer oilasinikidek advokatlar ham yo‘q.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting