Yangi yil bayrami arafasida bir guruh sport faxriylariga ehtirom koʻrsatildi
Sport faxriylari ko‘rsatilyotgan e’tibor uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Mamlakatimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shgan sport faxriylariga doimiy e’tibor koʻrsatib kelinmoqda.
Xususan, yangi yil bayrami arafasida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi va homiylar tomonidan 50 dan ortiq sport faxriylarining holidan xabar olindi.
Bugungi kunda 97 yoshni qarshilayotgan sport faxriysi Yevgeniy Valiskiy, 95 yoshli faxriy Zinaida Bondarenko hamda 92 yoshli Manuel To‘ychiyevlar ham bugungi dorilomon kunlarga shukronalik keltirishdi.
Sport faxriylari ko‘rsatilyotgan e’tibor uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist