locale OZ

Yangi O‘zbekiston yoshlari Osiyo o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallashdi

Jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yangi O‘zbekiston yoshlari Osiyo o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egallashdi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda yakuniga yetayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi.

Qit’amizning 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yosh atletlarimiz yuqori mahorat va jasorat ko‘rsatib, murosasiz bellashuvlarda 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Ushbu natijaning tarixiyligi shundaki, delegatsiyamiz I Osiyo yoshlar o‘yinlarida 3 ta bronza, II o‘yinlarda esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu gal ushbu raqamlar ancha salmoqli ko‘rinish oldi.

Shubhasiz, bunday natija ortida muhtaram Prezidentimiz tomonidan nafaqat professional, balki yoshlar sportiga ham qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik turibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting