locale OZ

“Yangi O‘zbekiston olimpiya choqqillari 2025” Prezident olimpiadasi ning basketbol 3x3 final bosqichi bo‘lib o‘tadi

Musobaqalarda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 20 ta yoshlar va 19 ta qizlar jamoalari ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yangi O‘zbekiston olimpiya choqqillari 2025” Prezident olimpiadasi ning basketbol 3x3 final bosqichi bo‘lib o‘tadi
photo: Basketbol Uzbekistan

2025 yil 30 noyabrdan 3 dekabrgacha Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston olimpiya choqqillari 2025” Prezident olimpiadasi ning basketbol 3x3 final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalarda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 20 ta yoshlar va 19 ta qizlar jamoalari ishtirok etadi. Final bosqichi iqtidorli sportchilarni aniqlash, bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish hamda milliy terma jamoalar uchun zaxira tayyorlashga qaratilgan keng ko‘lamli dasturining yakuniy qismidir.

Tadbir tashkilotchilari — Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi musobaqalarning yuqori darajada tashkillashtirilishi va shaffof o‘tishini ta’minlaydi.

Uch kun davomida jamoalar hal qiluvchi uchrashuvlarni o‘tkazadi va natijalarga ko‘ra Prezident olimpiadasining g‘oliblari hamda sovrindorlari aniqlanadi. Ushbu tadbir mamlakatda sport tashabbuslarini ilgari surish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting