«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» va «Prezident Olimpiadasi»ning birinchi bosqichi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlarida jumladan, Quvasoy shahrida ham “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining birinchi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Bugun Quvasoy shahar 2-son sport maktabida shahar hokimi olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Quvasoy shahar hokimi Zafar To‘raqulov, sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, idora va tashkilot rahbarlari, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.