locale OZ

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining ikkinchi bosqichi oldidan videoselektor o‘tkazildi

Olimpiya umidlari sari tayyorgarlik
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

O‘zbekistonda yosh sport iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash va saralab olishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining ikkinchi bosqichi boshlanish arafasida. Ushbu bosqichni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn yig‘ilishda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbarlari hamda sport federatsiyalari vakillari ishtirok etishdi. Kun tartibida birinchi bosqich yakunlari, ikkinchi bosqich musobaqalari uchun sport inshootlarining holati va tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mas’ullarga hududiy bosqichlarni yuqori saviyada tashkil etish, musobaqalarda shaffoflik va xolis hakamlikni ta’minlash, oldingi kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishtirokchilar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting