locale OZ

«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining engil atletika bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining engil atletika bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon shahrida 27-28 avgust kunlari “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasi doirasida engil atletikaning balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, uchhatlab sakrash, nayza uloqtirish, yadro itqitish, bosqon uloqtirish, g‘ovlar osha yugurish va to‘siqlar osha yugurish yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar tashkil etildi.

Hududiy bosqichda jami 144 nafar sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, musobaqa davomida yosh atletlar o‘zlarining iqtidori va mahoratini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar tantanali tarzda taqdirlanib, ularga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eng quvonarlisi shundaki, musobaqada eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar musobaqaning “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting