locale OZ

\"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari\" musobaqasi poytaxtda ham o‘tkazilmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasi poytaxtda ham o‘tkazilmoqda
PHOTO: Telegram

Poytaxtimizning Yashnobod tumani 2-sonli sport maktabida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqaaining dzyudo bo‘yicha mintaqaviy bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Bektemir tumanlaridan kelgan dzyudochilar g‘oliblik yo‘lida o‘zaro bahs olib borishdi. Bellashuvlarda Timur Muhammedxanov, Baurjan Abishev singari xalqaro toifadagi referilar hakamlik qilishdi.

Murosasiz kechgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda yashnobodlik Ismoilov (-50 kg), Choxuboyev (-55 kg), Qurbonov (+90 kg), bektemirlik Akromjonov (-60 kg), mirobodlik Rustamov (-73 kg) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidan Buchinsev (-81 kg) birinchi o‘rinni egallashdi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Abduraimov, Sport vaziri Axborot xizmati rahbari N.Salomov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mas’ul xodimlari, sport maktabi direktorlari ishtirok etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting