“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarida faol ishtirok eting!
17-maydan boshlab ilk bor o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” U-17 (15–17 yosh) toifasidagi sport musobaqalari uch bosqichda (tuman/shahar, viloyat, Respublika) tashkil etiladi. Bu musobaqalar Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash мақсадида yo‘lga qo‘yilgan.
Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
Boks (ayollar, erkaklar)
Basketbol 3x3 (ayollar, erkaklar)
Badiiy gimnastika (ayollar)
Dzyudo (ayollar, erkaklar)
Yengil atletika (ayollar, erkaklar)
Og‘ir atletika (ayollar, erkaklar)
Stol tennisi (ayollar, erkaklar)
Taekvondo WT (ayollar, erkaklar)
Erkin kurash va ayollar kurashi
Yunon-rum kurashi (erkaklar)
Final bosqichi – “Prezident olimpiadasi”!
Viloyat bosqichida g‘olib chiqqan sportchilar yil yakunida Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Prezident olimpiadasi”da ishtirok etadi.
G‘oliblarga nufuzli sovrinlar!
Bu bosqichda muvaffaqiyat qozongan sportchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 1–2-o‘rinlarni egallaganlar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul qilinadi.
Yoshlar, imkoniyatni boy bermang — sport orqali yuksaking!