Yangi og‘ir atletika inshooti foydalanishga topshirilish arafasida
Mamlakatimiz sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim loyiha yakuniga yetmoqda. Ayni paytda zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan og‘ir atletika zali foydalanishga topshirish arafasida turibdi.
Kuni kecha O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida barpo etilayotgan mazkur inshootda olib borilayotgan qurilish va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif davomida zalni xalqaro standartlar asosida to‘liq jihozlash, sportchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ta’kidlanganidek, ushbu inshoot kelgusida terma jamoalar hamda iqtidorli yosh sportchilar uchun yuqori saviyada o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, og‘ir atletika inshootining tantanali ochilish marosimi 21-mart sanasida bo‘lib o’tishi rejalashtirilmoqda.