locale OZ

Yangi golf-kurort majmuasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi

Sport turizmini rivojlantirish borasidagi istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yangi golf-kurort majmuasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi
Фото: Olympic.uz

Sport vazirligida Malayziyaning “Spora Global Sdn Bhd” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda vazir oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda mamlakat golf federatsiyasi raisi Dilshod Toxirov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Toshkent viloyati hududida zamonaviy golf-kurort majmuasini barpo etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Tomonlar ushbu tashabbusning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, golf sport turini mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro musobaqalarni oʻtkazish va sport turizmini rivojlantirish borasidagi istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting