Yana ikki nafar o‘zbek kurashchisi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: United World Wrestling
Bolgariyaning Samomov shahrida tashkil etilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. O‘tgani kun ikki nafar kurashchimiz shohsupaga ko‘tarildi.
-72 kg vazn toifasidagi bahslarda finalgacha yetib borgan Ahmad Qodirov yakunda kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, -67 kgda Fayozbek Eshmirzayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq -82 kg vazn toifasida bahs olib borgan Azimjon Soatullayev bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist