locale OZ

Yan Nepomnyashiy FIDE reytingining eng kuchli o'ntaligidan chiqib ketdi

UzChess Cup 2025 turnirida omadsiz qatnashgan rossiyalik grossmeyster 14-pog'onaga tushib ketdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Sports.ru

34 yoshli rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingidagi eng kuchli 10 shaxmatchi ro'yxatidan chiqib ketdi. U Toshkentda bo'lib o'tgan “UzChess Cup 2025” xalqaro musobaqasida 9 partiyada atigi 3,5 ochko jamg'ardi va reytingda 2742 ochko bilan 10-o'rindan 14-pog'onaga tushdi.

FIDE reytingining yetakchisi — norvegiyalik Magnus Karlsen (2839 ochko). Undan keyingi o'rinlarda AQSh vakillari Hikaru Nakamura (2807) va Fabiano Karuana (2784) joy olgan.

4–6-o'rinlarda Hindiston shaxmatchilari Rameshbabu Pragnanandha (2779), Arjun Erigayisi (2776) va Gukesh Dommaraj (2776) qayd etilgan. O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorov 2771 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. Undan so'ng fransuz Alireza Firuzja (2766), xitoylik Vey I (2748) va niderlandiyalik Anish Giri (2748) joylashgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting