locale OZ

Yan Blahovich Jamal Hillni jangga chaqirdi

Amerikalik yakkakurash ustasi chorlovni qabul qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yan Blahovich Jamal Hillni jangga chaqirdi
FOTO: Getty Images

Yarimog‘ir vazn (93 kg gacha) toifasida sobiq UFC chempioni, polshalik Yan Blaxovich boshqa bir sobiq chempion — amerikalik Jamal Hill bilan jang o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

«Sog‘ayganingdan keyin — men tayyorman!» — deb yozdi Blaxovich ijtimoiy tarmoqlarda.

«Ortiqcha gap yo‘q, oktagonda ko‘rishamiz!» — deya javob qaytardi Hill.

Eslatib oʻtamiz, Blaxovich o‘zining so‘nggi jangini dekabr oyida UFC 323 turnirida o‘tkazib, o‘zbekistonlik Bogdan Guskovga qarshi bahsda durang qayd etgandi.

Jamal Hill esa iyun oyida UFC on ABC 8 turnirida hamyurti Xalil Rountriga hakamlar qaroriga koʻra mag‘lub bo‘lgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting