locale OZ

XX yozgi Osiyo o'yinlarida taekvondo WT bo'yicha musobaqalar 1-3-oktyabr kunlari o'tkaziladi

Bu safargi musobaqalarda virtual taekvondo bo'yicha medallar o'ynalishi ahamiyatga molikdir. O'yinlarga "Toyohashi Gymnasium" majmuasi mezbon bo'ladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
XX yozgi Osiyo o'yinlarida taekvondo WT bo'yicha musobaqalar 1-3-oktyabr kunlari o'tkaziladi
photo: taekvando Uzbekistan

Yaponiyaning Aichi prefekturasi hamda Nagoya shahrida o'tkazilayotgan XX yozgi Osiyo o'yinlarida taekvondo WT bo'yicha musobaqalar 1-3-oktyabr kunlari o'tkaziladi.

Bu safargi musobaqalarda virtual taekvondo bo'yicha medallar o'ynalishi ahamiyatga molikdir. O'yinlarga "Toyohashi Gymnasium" majmuasi mezbon bo'ladi.

Musobaqaning dastlabki kunida individual pumse bahslari o'tkazilsa, 2-oktyabr kuni virtual taekvondo va kyorugi bellashuvlariga start beriladi. Yozgi Osiyo o'yinlarida taekvondo WT bo'yicha musobaqalar 3-oktyabr kuni nihoyasiga yetadi.

Yozgi Osiyo o'yinlari taqvimi:

1-oktyabr:

5:00. Ayollar o'rtasida individual pumse bahslari;
7:30. Erkaklar o'rtasida individual pumse bahslari.

2-oktyabr:

5:00. Virtual taekvondo bahslari;
9:30. Ayollar o'rtasida -49 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;
9:50. Erkaklar o'rtasida -58 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;
10:30. Ayollar o'rtasida -67 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;
11:20. Erkaklar o'rtasida -80 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;

3-oktyabr:

5:00. Ayollar o'rtasida -57 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;
5:20. Erkaklar o'rtasida -68 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;
6:00. Ayollar o'rtasida +67 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;
6:50. Erkaklar o'rtasida +80 kg vazn toifasidagi bellashuvlar;

*Musobaqa vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Tez orada bellashuvlarda ishtirok etadigan milliy terma jamoamiz tarkibi haqida ma'lumot beramiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting