XX Osiyo o‘yinlarining dzyudo musobaqasiga qur’a tashlandi
Ertaga Aichi-Nagoya (Yaponiya) mezbonlik qilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslariga start beriladi.
Osiyo qit’asi uchun to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida 32 davlatning 199 (113 erkak, 86 ayol) nafar dzyudochisi 14 ta (7 ta ayol, 7 ta erkak) vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi.
Biroz avval turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, sportchilar Osiyo o‘yinlarining ilk davrasidagi raqiblarini bilib olishdi. Dzyudo bahslari 30 sentyabr - 3 oktyabr kunlariga belgilangan. Avvaliga uch kun mobaynida yakkalik bahslari, to‘rtinchi kuni esa aralash jamoaviy mikst bellashuvlari tashkil o‘tkaziladi.
Terma jamoamiz a’zolariga mas’uliyatli bellashuvlarda zafar yor bo‘lsin!
XX Osiyo o‘yinlari. Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Vikas (Nepal)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev — Keysey Nakano (Filippin)
-73 kg: Shahram Ahadov — Mohammad Sayedi (Afg‘oniston)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev — Abubakr Sherov (Tojikiston)/Muayyad Tvayb
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Shodmon Rizoyev (Tojikiston)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Kittipong Hantratin (Tailand)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Mansur Rahmon (Tojikiston)
QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova — Mitsuki Kondo (Yaponiya)
-52 kg: Sita Kadambayeva — Meruyert Sarsenova (Qozog‘iston)/Toukki Sengdaki (Laos)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Janar Joldosheva (Qirg‘iz Respublikasi)
-63 kg: Marjona Nurulloyeva — Kim Ji Hay (KXDR)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Fabiha Busra (Bangladesh)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Obonika Hassan (Bangladesh)
+78 kg: Umida Nig‘matova — Miki Mukunoki (Yaponiya)