XX Osiyo o‘yinlari — ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi
XX Osiyo o‘yinlari — ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi
30-sentabr kuni Yaponiyada o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlari doirasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha bahslar oldidan sportchilar uchun tayyorgarlik jarayoni boshlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Gaziyev Bahromjon Santos Hippica laqabli oti bilan hamda Kurbanov Bekzod Matts VG laqabli oti bilan jangovar maydonga chiqib, warm-up mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Ushbu mashg‘ulot davomida sportchilar otlarini musobaqa o‘tkaziladigan maydon bilan tanishtirib, bo‘lajak startlarga tayyorgarlik jarayonini davom etirdilar.
Sportchilar va ularning otlari musobaqaning asosiy startlariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.
O‘zbekiston terma jamoamiz vakillariga bo‘lajak startlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!