Xurshidbek Alimjanov —«Tatariston Respublikasi Raisi so’vrini» musobaqasining mutlaq g‘olibi
Xurshidbek Alimjanov —«Tatariston Respublikasi Raisi so’vrini» musobaqasining mutlaq g‘olibi
29–30 avgust kunlari Qozon shahrida, Tatariston Respublikasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha «Tatariston Respublikasi Raisi so’vrini» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjanov o‘zining Champions League laqabli oti bilan ishtirok etdi.
Musobaqaning birinchi kunida, 29 avgust kuni, sportchimiz balandligi 135 sm bo‘lgan yo’nalishda eng yaxshi natijani qayd etib, 1-o‘rinni egalladi.
30 avgust kuni esa Xurshidbek Alimjanov o‘z muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqladi. U balandligi 140 sm bo‘lgan yo’nalishda ham barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ikki kunlik musobaqa yakunlariga ko‘ra, Xurshidbek Alimjanov «Tatariston Respublikasi Raisi so’vrini» musobaqasining mutlaq g‘olibi bo‘ldi.
Sportchimizni ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va xalqaro sport maydonlarida yangi zafarlar tilaymiz!