Xovosda Kurash va erkin kurash bo‘yicha «Prokuror kubogi» musobaqasi o‘tkazildi
Musobaqada 2009-2015 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida turli vazn toifalarida kuch sinashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Сирдарё вилояти спорт бошқармаси
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida Xovos tumanida muntazam ravishda turli sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, bugun 10-noyabr kuni Xovos tumani 2-sonli sport maktabida Kurash va erkin kurash turlari bo‘yicha "Prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 2009-2015 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida turli vazn toifalarida kuch sinashdilar.
Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa yakunida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan chempionlik medallari, diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist