Xotambek Boynazarov: Xamzatning o'zi meni UFC'ga o'tkazishga va'da berdi
MMAning yarim o'rta vazn toifasida faoliyat yuritayotgan UAE Warriors Ligasi chempioni, o'zbekistonlik Xotambek Boynazarov kelgusidagi rejalari haqida muxlislarga qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.
“Hozir menga ko'plab menejerlar UFC'ga o'tish bo'yicha takliflar beryapti. Xamzatning o'zi ham: ‘Seni UFC'ga o'tkazaman’, dedi. Nasib qilsa, u o'z jangida yaxshi natija ko'rsatsin, keyin yangilik bo'lishi mumkin. Shuncha vaqt kutdik, yana ozgina sabr qilib kutib turamiz”, — dedi Boynazarov.
Eslatib o'tamiz, Xotambek Boynazarov BAA vakili Xamzat Chimaevning Du Plessisga qarshi jangi oldidan o'tkazilgan yig'inlarda ishtirok etgan edi.
O'zbekistonlik sportchi uchun UFC eshigi ochilishi mumkinligi MMA ishqibozlari uchun juda katta yangilik bo'lishi mumkin.