locale OZ

Xoshimin shahrida Sohil Kurashi bo‘yicha ikkinchi milliy chempionat bo‘lib o‘tdi

Vetnamda Sohil Kurashi bo‘yicha ikkinchi milliy chempionat o‘z g‘oliblarini aniqladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xoshimin shahrida Sohil Kurashi bo‘yicha ikkinchi milliy chempionat bo‘lib o‘tdi
photo: Kurash Uzbekistan

Xoshimin shahrida Sohil Kurashi bo‘yicha ikkinchi milliy chempionat bo‘lib o‘tdi

Vetnamda Sohil Kurashi bo‘yicha ikkinchi milliy chempionat o‘z g‘oliblarini aniqladi.

Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan kelgan 100 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur chempionat Xoshimin shahrining eng chiroyli sayyohlik markazlaridan birining sohillarida o‘tkazildi.

Bellashuvlar yuqori raqobat ruhida o‘tdi va sportchilar tomonidan texnik hamda taktik jihatdan mazmunli kurashlar namoyish etildi.

So‘nggi yillarda Vetnam Kurashchilari xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Vetnam terma jamoasi 2025 yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati bahslarida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Chempionat bahslari Vetnamning markaziy HTV Sports telekanali orqali efirga uzatildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting