locale OZ

Xose Mariya Mendes – O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

U 22 yoshida o‘yinchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xose Mariya Mendes – O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Фото: Ўзбекистон футзали

Ispaniyalik taniqli futzal mutaxassisi Xose Mariya Mendes O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. O‘zbekiston futzal federatsiyasi hamda murabbiy o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolandi.

Mendes mamlakatimiz futzal ishqibozlariga yaxshi tanish. U ilgari ikki marta O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan: dastlab 2011–2012 yillarda, so‘ng 2014–2017 yillarda. Uning rahbarligi ostida terma jamoamiz Osiyo chempionatida 2014 yilda bronza, 2016 yilda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.

52 yoshli Xose Mariya Pasos Mendes — Pulpis 1974 yil 28 mart kuni Ispaniyaning Lugo shahrida tavallud topgan. Futzalchilik faoliyatini o‘zining qadrdon shahar jamoalari — "Lugo" hamda "Autos Lobelle" klublarida darvozabon sifatida boshlagan.

1996 yilda klub rahbariyati bosh murabbiyni iste’foga chiqargach, ushbu lavozim Mendesga taklif etiladi. Shu tariqa u 22 yoshida o‘yinchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlaydi.

Ikki yillik faoliyatdan so‘ng u boshqa klublardan takliflar oladi va "Melilya", "Kafe Kandelas Lugo", "Valensiya", Xorvatiyaning "Orkan", shuningdek "Barsel" jamoalarida ishlaydi.

2008–2009 yillarda Tailand, 2010 yilda esa Vyetnam milliy terma jamoasini boshqargan. Shundan so‘ng uning O‘zbekiston bilan bog‘liq faoliyati boshlangan. Milliy terma jamoamizdan tashqari, 2016–2017 yillarda mamlakat chempioni "Ardus" klubida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga asos solib, qator iqtidorli futzalchilarni kashf etgan.

2019–2026 yillar davomida u yana Tailandda faoliyat olib bordi. Murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vice-chempioni, bronza medali sovrindori, shuningdek klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda Osiyo kubogi egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting