locale OZ

Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik qilish yuzasidan navbatdagi ekspert kommissiyasi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Yig'ilishda muhim masalalar belgilab olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik qilish yuzasidan navbatdagi ekspert kommissiyasi yig’ilishi bo’lib o’tdi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Sport vaziri o’rinbosari Sh.Maxmudov boshchiligida sport turlari bo’yicha milliy terma jamoalarga xorijiy murabbiylarni jalb qilish ular bilan mehnat shartnomalarini imzolash kabi masalalarga bag’ishlangan navbatdagi ekspert komissiyasi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Boks, Velosport, Yengil atletika, Og‘ir atletika, Dzyudo, Zamonaviy beshkurash, Kamondan otish, "Rowing & Canoe", Suzish federatsiyalari, Sport turlari Respublika oliy sport mahorati maktablari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 346-sonli qaroriga muvofiq xorijiy mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, federatsiyalar tomonidan xorijiy mutaxassislarning aniq natijalarga erishish va terma jamoani munosib tayorlash borasidagi faoliyatini tanqidiy nazorat qilib borish kabi muhim masalalar belgilab olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting