locale OZ

Xorazmda «Mahalla ligasi» sport musobaqalariga tantanali start berildi

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorazmda «Mahalla ligasi» sport musobaqalariga tantanali start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi, viloyat sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB Xorazm viloyati boshqarmasi mas’ullari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida respublikamizning 14 ta hududi onlayn tarzda ulanib, musobaqalarga bir vaqtning o‘zida start berildi.

“Mahalla ligasi” musobaqalari aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda mahallalarda sportni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting