locale OZ

Xorazmda IV-Markaziy Osiyo xalqaro kurash turniri boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorazmda IV-Markaziy Osiyo xalqaro kurash turniri boshlandi
PHOTO: Google

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan IV-Markaziy Osiyo xalqaro kurash turniri boshlandi.

Turnirning rasmiy ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bayramona bezatilgan sport majmuasida minglab tomoshabinlar ishtirokida musobaqaga tashrif buyurgan davlatlar vakillari gilamga chiqib kelishdi.

Tadbirni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’atbek Salayev ochib berdi. U o‘z nutqida turnirning tarixiy va ma’naviy ahamiyatini alohida ta’kidlab, Pahlavon Mahmud merosi zamirida kurashga xos jasorat, vatanparvarlik va do‘stlik kabi oliy qadriyatlar mujassamligini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu musobaqa nafaqat kurash sportini yanada ommalashtirish, balki Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishini bildirdi.

Madaniy dasturdan so‘ng bahslarga rasmiy start berildi. Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 70 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etayotgan musobaqani Hikmat Kurtov boshchiligidagi 20 nafar IKA hakamlari jamoasi boshqarib bormoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting