locale OZ

Xorazmda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari boshlandi

25 ta tibbiyot muassasasining 500 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorazmda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari boshlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida 🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi start oldi.

Unda Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan 25 ta tibbiyot muassasasining 500 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etmoqda.

Musobaqalar mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Mazkur bellashuvlar sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting