locale OZ

«Xorazm» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi

Iqtidorli futzalchilar ham ayni paytda jamoa safida sinovdan o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Xorazm» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘tish o‘yini orqali mamlakat milliy chempionati — Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Urganchning “Xorazm” professional futzal klubi yangi mavsumga birinchilardan bo‘lib kirishdi.

Elita bahslariga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida klub tarkibni kuchaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Oliy ligaga chiqishda muhim hissa qo‘shgan o‘tgan mavsumdagi asosiy tarkibning o‘zagi saqlab qolingan. Shu bilan birga, mamlakat futzalining yuqori divizionida tajriba orttirgan bir qator mahoratli va iqtidorli futzalchilar ham ayni paytda jamoa safida sinovdan o‘tmoqda.

Klub rahbari Mirjalol Qurbanovning ta'kidlashicha, yozgi transfer oynasi imkoniyatlaridan unumli foydalanish rejalashtirilgan:

"Tarkibimizni yanada kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Yig‘inda tajribali va salohiyatli futzalchilar ishtirok etmoqda. Murabbiylar shtabida ham yangilanishlar kutilmoqda. Avvalo jamoani to‘liq shakllantirib, yangi futbolchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirib olamiz. Shundan so‘ng barcha yangiliklarni muxlislarimiz bilan batafsil bo‘lishamiz."

Klubda infratuzilma va tashkiliy yo‘nalishda ham muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Xorazm” professional futzal klubi mas'uliyati cheklangan jamiyat sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, klubning yangi ramzi, logotipi va atributikalari ishlab chiqilib, tasdiqlangan hamda O‘zbekiston futzal federatsiyasiga taqdim etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting