locale OZ

Xorazm viloyatida O‘zbekiston kubogi uchun kamondan otish bo‘yicha musobaqalar boshlandi

Umumiy hisobda musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 230 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xorazm viloyatida O‘zbekiston kubogi uchun kamondan otish bo‘yicha musobaqalar boshlandi
photo: kamondan otish

Xorazm viloyatida O‘zbekiston kubogi uchun kamondan otish bo‘yicha musobaqalar boshlandi. Tadbirning ochilish marosimida Milliy gvardiya, viloyat hokimligi va Sport boshqarmasi vakillari ishtirokchilarga tabrik so‘zlarini aytib, ularga muvaffaqiyat tiladi, shuningdek, ushbu sport turining ahamiyati va erishilgan natijalarni ta’kidlashdi.

Musobaqa Urganch shahridagi «Yoshlik» sport majmuasining yopiq zalida o‘tkazilmoqda, u yerda 15-noyabrgacha kattalar, yoshlar, o‘smirlar va kichik o‘smirlar toifasidagi sportchilar O‘zbekiston kubogi uchun bellashadilar. Umumiy hisobda musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 230 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Mazkur sport tadbiri kamondan otishni keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash va ushbu sport turini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting