locale OZ

«Xorazm» futzal klubi o’z oldiga jiddiy maqsadlarni qo’ygan

“Xorazm”ning yangi mavsumda jiddiy maqsadlar uchun kurashishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Xorazm» futzal klubi o’z oldiga jiddiy maqsadlarni qo’ygan
Фото: Ўзбекистон футзали

XXX milliy chempionatida debyut mavsumiga tayyorlanayotgan “Xorazm” jamoasi ikkinchi haftadirki, mashg‘ulotlarni Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida o‘tkazmoqda.

Jamoa boshqaruvi ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, tajribali murabbiy Aleksandr Petrov qo‘liga o‘tgach, klub oldiga qo‘yilgan vazifalar ham yanada ulkanlashdi. Garchi “Xorazm” Oliy ligaga ko’p yillik tanaffusdan so’ng endi yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati birinchi mavsumning o‘zidayoq sovrindorlar safidan o‘rin egallashni maqsad qilgan. Buning uchun murabbiylar shtabi va futbolchilarga barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

— Jamoamiz safiga O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, o‘tgan mavsum to‘purari Elbek To‘lqinovni taklif etdik. U ukasi Ashirbek To‘lqinov bilan birga Indoneziya chempionatidan yig‘inga kelib qo‘shildi.

Ayni paytda tajribali mutaxassis Aleksandr Gennadevich rahbarligidagi yig‘inlarda 2025/2026-yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni Akmal Hazratqulov, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Muzaffar Axadjonov, so‘nggi ikki mavsum ramziy terma jamoasiga kiritilgan Behruz Samiyev, shuningdek, o‘tgan mavsum “Qizilqum” safida to‘p surgan braziliyalik Enrike de Souza ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, eronlik tajribali futzalchilar bilan ham muzokaralar olib boryapmiz. Agar kelishuvlar muvaffaqiyatli yakunlansa, muxlislarimiz yaqin vaqt ichida Eronning mahoratli o‘yinchilarini ham “Xorazm” libosida ko‘rishadi, — deydi klub direktori Mirjalol Qurbonov.


E’tiborli jihati, jamoani o‘tgan mavsum Birinchi ligadan Oliy ligaga olib chiqqan tarkibning asosiy qismi ham saqlab qolingan. Yangi transferlar va tajribali murabbiy bilan birga “Xorazm”ning yangi mavsumda jiddiy maqsadlar uchun kurashishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting