locale OZ

«Xorazm» futsal klubi tashkil etildi

irinchi liga musobaqalarining 1-tur o‘yinlari 11–14 dekabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Xorazm» futsal klubi tashkil etildi
Фото: XORAZM FUTZAL KLUBI

Xorazm viloyatida professional futzal jamoasi tashkil etildi. So‘nggi yillarda viloyatimizda futbol va futzal sport turlariga qaratilayotgan e’tibor sezilarli darajada oshdi. Ikkinchi liga musobaqalari ham muntazam ravishda yuqori saviyada, raqobatbardosh tarzda o‘tkazib kelinayotgani buning yaqqol isbotidir.

Yangi tashkil etilgan futzal jamoasi tarkibi asosan Xorazm viloyatining iqtidorli va istiqbolli yosh futbolchilaridan shakllantirilgan. Jamoa qisqa vaqt ichida o‘z o‘yin uslubi, intizomi va salohiyati bilan e’tibor qozonmoqda.

Bosh murabbiy: Respublika miqyosida tanilgan va tajribali mutaxassis Furqat Xayrullayev.
Bosh direktor: Mirjalol Qurbonov. U yaqin o‘tmishda Xorazm futbol jamoatchiligi orasida hurmat qozongan, yorqin o‘yinlari bilan tanilgan sportchi hisoblanadi.

Xorazm futzal klubi hozirda Jizzax shahrida O‘zbekiston Birinchi ligasi bahslariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Birinchi liga musobaqalarining 1-tur o‘yinlari 11–14 dekabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting