locale OZ

Xo‘jaobodda «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» marafoni o‘tkazildi

Sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xo‘jaobodda «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» marafoni o‘tkazildi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Xo‘jaobod tumanida “Har bir insonning salomatligi o‘z qo‘lida” shiori ostida keng ko‘lamli sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tumandagi tibbiyot xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” marafoni tashkil etildi.

Mazkur marafon aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda turli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Tadbir davomida ishtirokchilar faol harakat qilib, sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor namoyon etdilar.

Shuningdek, marafon ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning foydasi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, yoshlarni sportga keng jalb etish va jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting