Xo‘jaobod tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi
Jamoaviylik muhitini mustahkamlash hamda ish joyida iliqlik va hamkorlik ruhini oshirishga xizmat qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Xo‘jaobod tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida voleybol, shaxmat, shashka, arqon tortish hamda stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashib, maydonda chaqqonlik, jamoaviy ruh va sport mahoratini namoyon etdilar. Har bir o‘yin nafaqat raqobat, balki jamoaviy hamjihatlik va ijobiy kayfiyat manbaiga aylandi.
Musobaqalar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik muhitini mustahkamlash hamda ish joyida iliqlik va hamkorlik ruhini oshirishga xizmat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist